Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga boradi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan boradi. Bu haqda 18-oktyabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Qirg‘iziston TIV rahbari o‘rinbosari Nuran Niyozaliyev ma’lum qildi.
U, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi tashqi siyosatida O‘zbekiston Respublikasi bilan hamkorlikni mustahkamlash ustuvor vazifa ekanligini ta’kidlagan.
«Shu sababli Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov saylanganidan keyin dastlabki tashriflaridan birini Toshkentga amalga oshirdi. Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Diplomatik kanallar orqali aniq muddat belgilanmoqda. Tashkiliy va mazmuniy qismlarni ishlab chiqish kerak. Bir qator ikki tomonlama shartnomalar, memorandumlar, harakatlar rejasi, investitsiya loyihalari tayyorlanmoqda, biz ularni O‘zbekiston tomoniga taklif qilmoqchimiz», – deydi Nurlan Niyozaliyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, tashrif vaqti ikki prezidentning ish grafigiga bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter