Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdog‘an bir-birini muborak Qurbon hayiti bilan qutladi
Bugun, 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbarlari bir-birini va qardosh xalqlarimizni muborak Qurbon hayiti bilan dildan qutlab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklarini izhor etdilar.
Muloqot chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlik yuqori sur’at va samarali tus olgani qayd etildi.
Qayd etilishicha, suhbat chog‘ida ikki davlat rahbari xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter