Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shanxaydagi lokdaun tufayli Xitoyda avtomobil ishlab chiqarish to‘xtab qolishi mumkin

Shanxaydagi lokdaun tufayli Xitoyda avtomobil ishlab chiqarish to‘xtab qolishi mumkin

Shanxayda COVID-19 avj olgani tufayli to‘liq lokdaun joriy etilgan.

Agar Shanxaydagi ishlab chiqarish va logistik zanjir tarkibiga kiruvchi korxonalar o‘z ishini qayta tiklash chorasini topmasa, may oyida Xitoydagi barcha avtomobil korxonalari o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin, deya bayonot berdi elektromobil ishlab chiqaruvchi Xiaopeng Motors rahbari Xe Syaopen.

«Agar Shanxay ishlab chiqarishni qayta tiklamasa, iyun oyiga borib, Shanxaydan mahsulot yetkazib berish zanjirlarida ishtirok etuvchi barcha ilmiy-texnik va sanoat korxonalari ishlab chiqarishni butunlay to‘xtatadi, bu ayniqsa avtosanoatga taalluqli», – dedi Huawei Consumer Business Group rahbari Yuy Chendun. Bu haqda RIA Novosti xabar berib o‘tmoqda.

Aprel o‘rtalarida ba’zi kompaniyalar yetkazib berish zanjirlarida ishtirok etmay qo‘ydi va agar Shanxaydagi lokdaun davom etsa, avtosanoat ulkan iqtisodiy yo‘qotishlarga uchraydi.

24,9 mln odam istiqomat qiladigan Shanxay hukumati koronavirusning yangi to‘lqini sababli 28 martdan to‘liq lokdaun joriy etdi.

Hukumat rejasiga ko‘ra, lokdaun ikki bosqichda o‘tib, 5 aprel kuni yakunlanishi kerak edi. Biroq cheklovlar amal qilgan vaqtda juda ko‘p miqdorda kasallanganlar aniqlangani bois, lokdaun muddati noma’lum vaqtga uzaytirildi.

Ta’kidlash kerakki, global inqirozlar va geosiyosiy vaziyat butun dunyoda avtomobil ishlab chiqarishning qisqarishiga sabab bo‘ldi. Avtomobil ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar jamiyati SMMT (Society of Motor Manufacturers and Traders) ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning I choragida Rossiyada avtomobil ishlab chiqarish 33,2%, AQShda 17%, Buyuk Britaniyada esa deyarli uchdan bir ulushga qisqardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring