Yangi qaror avtomobil narxlariga ta’sir qiladi(mi)? Izoh
Prezident qarori asosida dvigatel hajmi 1200 sm kubgacha bo‘lgan avtomobillar uchun bojxona stavkalari keskin kamaytirilgani, 1000 sm kubgacha bo‘lganlariga esa 0 foizga tushirilgani narxlarga qanday ta’sir qiladi?
1 000 sm kub hajmli avtomobil uchun
Ushbu toifaga kiruvchi bozor narxi 10 ming AQSh dollari bo‘lgan avtomobilni misol sifatida olamiz. Bunda quyidagi majburiy to‘lovlar mavjud:
1.Bojxona boji
Avval: 1 900 AQSh dollari (15 foiz + 0,4 AQSh doll/kub sm).
Hozir: 0 AQSh dollari (0 foizga tushirildi).
Farq: 1 900 AQSh dollar
2. QQS (12 foiz)
Avval: 1 428 dollar (bojxona boji qo‘shilgach hisoblangan)
Hozir: 1 200 dollar
Farq: 228 dollar
3. Utilizatsiya yig‘imi (bazaviy stavkaning 30 baravari)
Taxminan 846 dollar (9 mln 900 ming so‘m)
4. Bojxona yig‘imi (0,2 foiz)
Taxminan 20 dollar
Avval: 14 ming 194 dollar
Hozir: 12 ming 066 dollar
Farq: 2 ming 128 dollar
Demak, dvigatel hajmi 1 000 sm kubgacha, narxi 10 ming AQSh dollari bo‘lgan avtomobil uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlar taxminan 2 ming 128 AQSh dollariga arzonlaydi. (ushbu hisob-kitoblarda logistika narxi hisobga olinmagan).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter