Shanxayda dunyodagi eng katta astronomiya muzeyi ochildi (foto)
Shanxay rekordlari bizni hayron qoldirishda davom etmoqda. Xitoyning ushbu shahrida dunyodagi eng katta astronomiya muzeyi ochildi, deya xabar berdi «MIR 24».
Ko‘rgazma zallari, planetariy, rasadxona — bularning barchasi 58 ming kvadrat metr maydonda joylashgan. 24 metr balandlikda quyosh teleskopi ham o‘rnatilgan. Binoning me’morchiligi ham g‘ayrioddiy — unda bitta ham burchak yoki to‘g‘ri chiziqni uchratmaysiz. Gumbaz go‘yoki to‘nkarib qo‘yilganga o‘xshaydi. Tomda ulkan yumaloq deraza bor. Bularning barchasi mehmonlarga samoviy jismlar bilan yaxshiroq tanishish imkonini beradi.
«Odamlar yulduzli samoni tomosha qilishlari mumkin bo‘lgan chinakam muhitni yaratishga harakat qildik. Buning uchun planetariyning markaziga yuqori aniqlikdagi proyektorni o‘rnatdik. Uning namoyish qilish effektlari juda ajoyib», — dedi muzey xodimi Chjan Yao.
Muzeyda koinotga oid 120 dan ortiq eksponatlar to‘plami jamlangan. Ular orasida 70 ga yaqin turli xil meteoritlar mavjud.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter