Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shamol kuchayadi, chang-to‘zon kuzatiladi — «O‘zgidromet»

Shamol kuchayadi, chang-to‘zon kuzatiladi — «O‘zgidromet»

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston bo‘yicha 11-15 sentyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim qilindi.

Bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatining ba’zi joylarida, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 21-23 m/s.gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilshishi mumkin. Harorat 29-32 daraja bo‘ladi.

Keyinchalik, hafta oxirigacha, respublika bo‘yicha O‘zbekistonda kuz fasli boshi uchun xos bo‘lgan asosan kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda 12-13 sentyabr kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, 14-15 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Poytaxtimizda bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat 30-32 daraja bo‘ladi.

12-15 sentyabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 12 sentyabrda 26-28 daraja, 13-15 sentyabrda 28-30 daraja bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring