Shahrixonning eng boy odami vafot etdi
Nafaqat Shahrixon tumani, balki Andijonning eng boy odamlaridan biri, taniqli tadbirkor Rahmiddinboy Mirzayev vafot etdi.
Xabar.uz manbasiga ko‘ra, tadbirkorning vafotiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. Tegishli organlar bu borada o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
Tadbirkorning vafoti bilan bog‘liq xabarlarda u «Rash milk», «Beko sement» korxonalari egasi ekaniga urg‘u beriladi.
Voqelik yuzasidan hali bayonot berilgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter