Shahobiddin Zoirovning professional boksdagi ilk jangi bor-yo‘g‘i 19 soniya davom etdi
Rio olimpiadasi chempioni, hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov bugun professional boksda debyut jangini o‘tkazdi. Buyuk Britaniyaning «MTK» promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlikda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz dastlabki jangini indoneziyalik Entoni Xoltga qarshi olib bordi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
6 raundga mo‘ljallangan jangning 1-raundi ham tugashga ulgurmadi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, referi yarim daqiqa ichida nokdaund holatini e’lon qildi. 1-raundning 19-soniyasi o‘tib borayotgan payt Zoirov yo‘llagan kuchli zarbani indoneziyalik bokschi o‘tkazib yubordi va yerga qulaganicha, 10 soniya ichida qaytib o‘rnidan ko‘tarilmadi.
Shu tariqa hamyurtimiz professional boksdagi ilk jangida dastlabki daqiqadayoq nokaut evaziga g‘alaba qozonmoqda. O‘xshash jihati Shahram G‘iyosov ham o‘zining biringchi jangida xuddi shunday g‘alabani tantana qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter