Bektemir Meliqo‘ziyev 30-may kuni navbatdagi jangini o‘tkazadi

O‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev navbatdagi jangini o‘tkazadi.
Jang joriy yilning 30-may kuni AQShning Las-Vegas shahridagi «Virgin Hotels» arenasida bo‘lib o‘tadi. Unda Meliqo‘ziyevning raqibi amerikalik bokschi – Darius Fulgum (14 g‘alaba, 0 mag‘lubiyat, 12 ta nokaut) bo‘ladi. Bu haqda «BoxingScene» nashri xabar bermoqda.
Bektemir Meliqo‘ziyev noyabr oyidagi oxirgi jangida 2024-yil amerikalik Devid Stivensga qarshi ringga chiqqan va hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi.
Fulgum esa o‘zining so‘nggi jangini 2025-yil fevralda o‘tkazib, to‘rtinchi raunda hamyurti Vinfred Xarris-Juniorni nokautga uchratgan.
Ma’lumot uchun, shu kunga qadar professional boksda 16 ta jang o‘tkazgan Meliqo‘ziyev shulardan 15 tasida g‘alaba va 1 tasida mag‘lubiyat qayd etgan. Shuningdek, u g‘alabalarining 10 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter