Seulni suv bosdi — sakson yildan beri kuzatilmagan hodisa
Janubiy Koreya poytaxti Seul 1942-yildan beri eng katta suv toshqini oqibatlari bilan kurashmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 8-avgust kuni kuchli yomg‘ir natijasi — suv bosishi oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 9 kishi jarohat olgan. Bedarak yo‘qolganlar — 6 nafar, ularni qidirish ishlari davom etmoqda.
Suv toshqinlari elektr tarmoqlariga ham shikast yetkazgan. Yo‘llar suv ostida qolgan. Qutqaruvchilar yetib kelguniga qadar odamlar mashinalarning va uylarning tomlariga chiqib jon saqlashga majbur bo‘lishgan.
Kuchli toshqinlar, ayniqsa, yer osti yo‘llari va metroda bilindi — poyezdlar to‘xtatildi, stansiyalardan birining tepa qismi buzilib tushgan.
Kuchli toshqinlarga sababchi bo‘lgan siklon shimoli-sharq yo‘nalishida harakatlanmoqda, Janubiy Koreyaning boshqa hududlarida ham yomg‘ir yog‘moqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter