Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sergelini shahar markazi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qachon tayyor bo‘lishi ma’lum qilindi

Sergelini shahar markazi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qachon tayyor bo‘lishi ma’lum qilindi

Cho‘ponota ko‘chasidan kichik halqa yo‘ligacha bo‘lgan yo‘l o‘tkazgichning birinchi qismi sentyabr oyida, Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan ikkinchi qismi yilning oxirigacha ishga tushadi. Yangi yo‘l o‘tkazgich shahar markazigacha bo‘lgan yo‘lni qisqartirishga va O‘zgarish ko‘chasidagi doimiy tirbandliklarni kamaytirishga imkon beradi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ko‘prik Cho‘ponota ko‘chasidan, Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishgan joyidan boshlanib, kichik halqa avtomobil yo‘li, Salar kanali, so‘ngra temir yo‘llar ustidan, Toshkent halqa avtomobil yo‘lining ustidan o‘tib, Sergeli tumani Qipchoq ko‘chasiga olib chiqadi.

Ta’kidlanishicha, ko‘prik eng zamonaviy monolitik pol texnologiyasidan foydalangan holda qurilmoqda. Armaturali bir metr qalinlikdagi monolitik shift kabellar bilan birga tortiladi, bu esa strukturaga mustahkamlik va barqarorlik beradi.

«Loyiha qo‘shimcha tarzda ishlab chiqildi — boshida unda ko‘prikdan kichik halqa yo‘liga tushish yo‘llari faqat Cho‘ponota ko‘chasi tarafdan bo‘lgan va bu haydovchilar uchun noqulayliklar tug‘dirgan. Loyihaga qo‘shimcha tushish yo‘llari qo‘shildi», — deyiladi hokimiyat xabarida.

Qayd etilishicha, ko‘prikning temir yo‘l ustidan o‘tgan qismi xalqaro standartlarga muvofiq 5,5 metr balandlikda qurilayotgan edi, lekin temir yo‘lchilar ko‘prikni yana ikki metrga ko‘tarishni talab qilgan, o‘z-o‘zida ko‘prikning qiya qismi ham uzaygan.

«Ko‘prikni o‘tkazish muhandislik kommunikatsiyalarini o‘zgartirish bo‘yicha amalga oshirildi: yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i yer ostiga olindi, Salar oqimi o‘zgartirildi, hozirda bir qismi yo‘l hududiga tushgan magistral gaz quvuri ko‘chirilmoqda, halqa yo‘li yaqinida tozalash inshootlari bo‘lgan edi, ularni demontaj qilishga to‘g‘ri kelgan.

Ta’kidlash joizki, boshqa xarajatlar ham bo‘ldi: masalan, yil davomida qurilish materiallarining (armatura va beton) narxi ikki barobar oshdi.

Aytib o‘tilgan faktlar qurilishning birlamchi qiymati nima uchun 236 milliard so‘mga oshganini tushuntiradi. Loyihaning yana bir muhim xususiyati shundaki, yo‘l o‘tkazgich va undan panduslar yaqinidagi bironta ham bino buzilmadi», — deyiladi hokimlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring