Sergeliga qatnovchi avtobus yo‘nalishlari qisqartiriladi

2021-yil 11-yanvar kunidan boshlab Sergeli va Yangi hayot tumanlari orqali harakatlanuvchi 7 ta avtobus yo‘nalishlari faoliyatini muvofiqlashtirish belgilandi. Bu haqda «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, ishlab chiqilgan rejaga muvofiq:
- 8-sonli «Sergeli 7-dahasi – Chilonzor 25-dahasi», 132-sonli «Sergeli 7-dahasi – Gulobod ko‘chasi» avtobus yo‘nalishlarini yopish;
- 32-sonli «Erkin qo‘rg‘oni – Gulobod ko‘chasi», 80-sonli «Sergeli 7-dahasi – M.Yusuf ko‘chasi», 131-sonli «Do‘stlik 2-mavzesi – Olimpiya mavzesi», 133-sonli «Yangi Sergeli mahallasi – Chilonzor metrosi» avtobus yo‘nalishlari harakatini qisqartirish;
- 38-sonli «Sergeli 7-dahasi – O‘zbekqishloqmash zavodi» avtobus yo‘nalishi harakatini uzaytirish belgilandi.
Yuqorida keltirilgan 7 ta avtobus yo‘nalishlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlari natijasida yo‘nalishlardan bo‘shagan 25 ta (shundan 18 ta katta sig‘imli va 7 ta kichik sig‘imli) avtobuslar yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan va avtobuslar soni yetishmayotgan yo‘nalishlarni harakat tarkibi bilan to‘ldirish yo‘naltiriladi.
Qayd etilishicha, ushbu o‘zgarishlar Sergeli metropoliten yo‘lining ishga tushishi bilan bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter