Sergelida bir emas, bir nechta uy yongan. O‘t o‘chiruvchilar vaqtida yetib borishiga tirbandlik to‘sqinlik qilgani aytilmoqda
Joriy yilning 20 may tongi soat 7:35 da Sergeli tumani Pastdarxon MFY Navro‘z 6-tor ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Holat yuzasidan FVV qo‘shimcha ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, yong‘in bo‘yicha birlamchi ma’lumot Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati tomonidan internet tarmoqlarida tezkorlik (bu vaqtda yong‘in faqat bir uyda bo‘layotgan edi) bilan yoritilgan.
Yong‘in joyiga birinchi bo‘linma soat 7-45da, ya’ni 10 daqiqada yetib borgan, qolgan yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 07-47dan soat 08-24 ga qadar, jami 5 ta bo‘linma yong‘in joyiga yetib borgan.
Yong‘in sodir bo‘lgan xonadon qo‘shni xonadonlarga zich qilib qurilganligi, yong‘inga qarshi devorlar bo‘lmaganligi, shu bilan birga, shamol tezligi yuqori bo‘lib turganligi sababli yong‘in boshqa xonadonlarga ham tezlik bilan tarqalib, natijada 3 ta xonadonga tegishli 200 m2 maydonda yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tonggi vaqtda poytaxt ko‘chalarida mavjud bo‘lgan tirbandliklarga duch kelganligi, Pasdarxon MFY, Navro‘z 6-tor ko‘chasidagi yer osti gidrantining suv bosimi past bo‘lganligi kabi holatlar yong‘inni tezlik bilan bartaraf etishga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Yonig‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, yong‘indan jarohatlangan va halok bo‘lganlar qayd etilmagan.
Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter