Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Serdar Berdimuhamedov Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan Pekinga bordi

Serdar Berdimuhamedov Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan Pekinga bordi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Xitoy rahbari Si Szinpin taklifiga binoan ikki kunlik tashrif bilan Xitoyga bordi. Bu haqda Anadolu agentligi ma’lum qildi.

Tomonlar ikki mamlakat va xalqlar kelajagi yo‘lida hamkorlikni rivojlantirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

Davlat rahbarlari strategik va siyosiy o‘zaro ishonchni muttasil mustahkamlash yo‘lida yaqin aloqalarni davom ettirish, tajriba almashishni chuqurlashtirishga kelishib oldilar.

Tomonlar «Bir kamar, bir yo‘l» tashabbuslarini bog‘lash va Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklash bo‘yicha ishlarni faollashtirish, sa’y-harakatlarni Turkmaniston va Xitoy o‘rtasida 2021-2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini amalga oshirishga qaratishga kelishib olgan.

Ikki davlat rahbarlari gaz sohasidagi hamkorlik, jumladan, Galkinish gaz konini o‘zlashtirishning ikkinchi bosqichini amalga oshirishni jadallashtirish masalasi, Turkmaniston-Xitoy gaz quvurini qurish va boshqa yirik qo‘shma loyihalarni muhimligini qayd etdilar.

Turkmaniston davlati rahbari Si Szinpinga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, uni qulay vaqtda Turkmanistonga tashrif buyurishga taklif qildi.

Turkmaniston Prezidenti va Xitoy rahbarining muzokaralari yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring