Serbiya prezidenti hukumat lavozimlarining teng yarmini ayollarga berishga chaqirdi
Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchich amaldagi bosh vazir Ana Brnabich nomzodini Vazirlar mahkamasi yangi raisligiga tavsiya etdi. Prezident «Brnabich o‘z burchini yaxshi va mas’uliyat bilan ado etishiga» ishonch bildirdi.
Vuchich ikkita vazirlik tashkil etilishini ham ma’lum qildi: biri — Inson huquqlari, jinsiy tenglik va ijtimoiy muloqot vazirligi, ikkinchisi — Oila, bolalar va demografiya vazirligi.
Shuningdek, prezident «kabmin»dagi lavozimlarning 50 foizini ayollarga topshirishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter