Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senator Jon Makkeyn vafot etdi

Senator Jon Makkeyn vafot etdi

Foto: «TASS»

AQShlik mashhur siyosatchi, respublikachi, bir muddat respublikachilar partiyasiga rahbarlik qilgan, Arizona shtatidan senator bo‘lib saylangan Jon Makkeyn 81 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Miya raki kasalligiga chalingan siyosatchining joni mahalliy vaqt bilan kecha, 25 avgust kuni tushdan so‘ng uzilgan.

So‘nggi paytlarda Jon Makkeyn miya raki kasalligiga qarshi davolanayotgan va 24 avgust kuni davolanishni davom ettirishdan voz kechgan edi.

AQSh prezideti Donald Trampni tanqid ostiga olish bilan mashhur bo‘lgan siyosatchi ham demokratlar, ham respublikachilar orasida o‘z o‘rniga ega edi. «New York Times» nashri Makkeynning o‘limi haqida e’lon qilib, uning «o‘limi kunigacha AQShga 60 yil xizmat qilganini» ta’kidladi. 

Makkeyn 2008 yili prezidentlik saylovlarida Barak Obamaga ham raqib bo‘lgan.

U 1967-1973 yillarda Vetnam urushida asir tushgan edi.

1981 yili AQSh Kongressiga saylangan Makkeyn shundan beri turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring