Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jon Makkeyning dafn etilish sanasi ma’lum qilindi

Jon Makkeyning dafn etilish sanasi ma’lum qilindi

Foto: «RIA Novosti»

AQShlik sobiq senator Jon Makkeyn 2 sentyabr kuni dafn etiladi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Dafn marosimi Merilend shtati markazi – Annapolis shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu shaharda Makkeyn tahsil olgan AQSh harbiy-dengiz akademiyasi joylashgan.

Bundan tashqari, Makkeynning jasadi solingan tobut 29 avgust kuni Arizona shtatiga, 30 avgust kuni Arizona shtatidagi Finiks cherkoviga, 31 avgust kuni Vashingtonga, 1 sentyabr kuni poytaxtdagi Milliy bosh cherkovga vidolashish uchun olib boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 81 yoshli Jon Makkeyn yakshanba kuni miya raki kasalligi tufayli vafot etgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring