Jon Makkeyning dafn etilish sanasi ma’lum qilindi
AQShlik sobiq senator Jon Makkeyn 2 sentyabr kuni dafn etiladi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Dafn marosimi Merilend shtati markazi – Annapolis shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu shaharda Makkeyn tahsil olgan AQSh harbiy-dengiz akademiyasi joylashgan.
Bundan tashqari, Makkeynning jasadi solingan tobut 29 avgust kuni Arizona shtatiga, 30 avgust kuni Arizona shtatidagi Finiks cherkoviga, 31 avgust kuni Vashingtonga, 1 sentyabr kuni poytaxtdagi Milliy bosh cherkovga vidolashish uchun olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, 81 yoshli Jon Makkeyn yakshanba kuni miya raki kasalligi tufayli vafot etgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter