NATOning yangi shtab-kvartirasi Makkeyn nomi bilan atalishi mumkin
NATO o‘zining yangi shtab-kvartirasini AQShning marhum senatori Jon Makkeyn sharafiga atash imkonini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar bermoqda «Korrespondent.net».
Ushbu mazmundagi so‘rovni senatorning o‘limidan so‘ng Buyuk Britaniya parlamentidagi Konservativ partiyaning tashqi ishlar bo‘yicha a’zosi Tom Tagendxet yuborgan.
Oana Lungeskuning ma’lum qilishicha, NATO so‘rovni qabul qilgan va uni o‘rganib chiqadi.
Ta’kidlanishicha, Makkeyn uzoq vaqt NATOning kengayishiga hissa qo‘shib kelgan. Tagendxet o‘z murojaatida Makkeynning faoliyatiga bundanda munosib e’tirof bo‘lmasligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter