Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyoramizdagi eng sovuq joylarni bilasizmi?

Sayyoramizdagi eng sovuq joylarni bilasizmi?

Foto: «RIA Novosti»

Britaniyaning «The Independent» nashri jahondagi eng sovuq joylar reytingini tuzdi.

Jurnalistlar birinchi navbatda Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorni tilga olishdi. Bu yerda yanvar oyida harorat kamdan-kam holatda -16 darajadan yuqoriga ko‘tariladi.

Ro‘yxatga rossiyaliklar ixtiyoridagi «Vostok» stansiyasi (Antarktida) ham kiritildi. Bu yerda yozda  havo harorati o‘rtacha -32 darajani tashkil etadi. Qolaversa, bu stansiya sayyoramizdagi eng quruq joylardan biri hamdir.

Sovuq joylar reytingida yozi bilan qishidagi haroratlar keskin farq qiluvchi Verxoyans shahri ham bor — qishda bu shaharga borsangiz -48 daraja sovuqdan azob tortasiz, yozda esa 30 daraja issiq!

Qolaversa,  Denali tog‘i (AQSh, Alyaska), Freyzer shahri (AQSh, Kolorado), Snag qishlog‘i (Kanada), Yakutsk shahri (Rossiya) hamda Rojer dovoni (AQSh, Montana) sayyoramizdagi eng sovuq joylar sifatida qayd etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring