O‘zbekistonda sayyohlar uchun qulay mobil aloqa va internet taqdim etiladi
«Uzmobile» milliy aloqa operatori sayyohlar uchun qimmat rouming o‘rniga qulay mobil SIM-kartalarini taqdim etadi. Sayyohlik simkartalarini sotish bo‘yicha servis mamlakatimiz aeroportlarida, avtovokzallarda va ommabop sayyohlik joylarida ishlaydi. Bu haqda «O‘zbekturizm» ma’lum qildi.
Ro‘yxatga olish pasport bilan amalga oshiriladi. Shuningdek, ikki turdagi telefon apparati yoki mobil routerni ijaraga berish xizmati ham ko‘rsatiladi.
Router – internet paket ulangan SIM-karta orqali Wi-Fi tarmog‘ini tashkil qilish imkonini beradi. U bir nechta qurilmani simsiz internetga ulaydi va bir guruh sayyohlar yoki ularning oilalari uchun qulay vositaga aylanadi.
Tarif 30 kun foydalanish uchun mo‘ljallangan, unga muloqot uchun daqiqalar va internet trafigi kiritilgan. Simkartaga qo‘shimcha ravishda kichik brelok beriladi, uni kalitga biriktirib qo‘yish va istalgan paytda o‘z mobil aloqa raqamini bilib olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter