Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portal orqali SIM-karta olish imkoniyati yaratildi

Yagona portal orqali SIM-karta olish imkoniyati yaratildi

My.gov.uzda UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘iga onlayn ulanish va raqamni yetkazish xizmati ishga tushirildi.

Endi mobil aloqa tarmog‘iga ulanib, SIM-karta olish uchun dilerlik ofislarini izlab yurishga hojat qolmadi.

Shunchaki, uydan chiqmasdan turib:

  • my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish;
  • UZTELECOM mobil aloqa tarmog‘iga ulanish xizmatini tanlash;
  • manzil ma’lumotlarini kiritish;
  • ulanish turi, SIM-kartani yetkazib berish, tarif rejasi va o‘zingizga ma’qul kelgan raqamni tanlash, shuningdek, to‘lovni ham onlayn amalga oshirish mumkin bo‘ldi. 

Bunda SIM-karta fuqaro ko‘rsatgan manzilga UZTELECOM tomonidan dastlabki to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 24 soatdan 5 ish kunigacha muddatda yetkazib beriladi. 

Agar ulanish turida eSIM texnologiyasi tanlansa, uni faollashtirish uchun QR kod shakllantiriladi. Va eSIM dastlabki avans to‘lovi amalga oshirilgan vaqtdan boshlab, 24 soat ichida yuboriladi.

Xizmat narxi: tanlangan raqam, tarif reja va ulanish turiga bog‘liq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring