Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Savob ish yaxshi, ammo...

Savob ish yaxshi, ammo...

Foto: Videolavhadan skrinshot

Savob ish qilish — xayrli yumush. Jahongir Otajonov Farg‘onada xayriya karvoni uyushtiribdi. Kam ta’minlangan, iqtisodiy ko‘makka muhtojlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak berilishi maqtagulik.

Hammasi zo‘r, shu ishni tashkillashtirganlarning otasiga ming rahmat. Ko‘plab xonadon ahli qalbida ushbu xayriya yordamidan xursandchilik paydo bo‘ladi, e’tibordan necha ko‘ngli o‘ksikning yuzi yorishadi.

Bir lekini bor, shu tadbir tashkilotchilarining birortasida tibbiyot niqobining yo‘qligi, ijtimoiy masofaga rioya etilmaganligini ko‘rib, karantin qoidalari bekor qilinganmi, degan xayolga borarkansan. Yo‘q, mamlakatimizda hali pandemiyan talablari bekor qilinmagan.

Axir dunyoda koronavirus degan baloyu qazo hamon kezib yuribdi. Ana shu xavfining ikkinchi to‘lqinidan himoyalanishning barcha choralari ko‘rilmoqda, afsuski olib borilgan izlanishlarga qaramay, haligacha kasallikka qarshi kurashda to‘liq kafolat beradigan vosita topilmadi. Mutaxassisu va ekspertlar birgina samarali vosita tibbiy niqoblarni taqib yurish ekanini bot-bot takrorlashmoqda. Aynan shu talabga amal qilish bilan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish mumkin, xolos.

Bir tadbir deb, qanchadan-qancha odamlar ushbu xavfli kasallikni yuqtirib olishi mumkin-ku?

Ko‘chada oddiy odamlar tibbiyot niqobi taqmay yursa to‘xtatib, jazoga tortayotgan mutasaddi xodimlar nega ularga bu chorani qo‘llamadi, degan savol paydo bo‘ladi. Nima bo‘lganda ham savob ish yaxshi, ammo karantin qoidalariga rioya qilish barchaga birdek taalluqli bo‘lishi shart. Shuni unutmagan ma’qul.

Berdiyor Hazratqulov

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring