Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi

Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi

Mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari Savdo-sanoat palatasi a’zoligiga tekin qabul qilinadi.

«Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–15-son, 23.01.2023 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasiga bir qator vakolatlar berildi.

Palata, jumladan, a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab Oliy sudga ariza berishi hamda iqtisodiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlarini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan shikoyat kiritishi mumkin.

2023 yil 1 fevraldan mikro, kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’yektlari Palata a’zoligiga, a’zolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi.

Palata tadbirkorlarning manfaatlarida sudlarga taqdim etadigan ariza, da’volar hamda apellyasiya va kassatsiya shikoyatlari bo‘yicha davlat boji to‘lovlaridan ozod etiladi.

Qarorga ko‘ra, Palataning hududiy boshqarmalari huzurida jamoatchilik asosida kamida 20 nafar ilg‘or tadbirkorlardan iborat Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring