Sardor Umrzoqov darsliklar sifatini keskin tanqid qildi
Maktab darsliklariga oid davlat rahbarining tegishli topshirig‘idan so‘ng, Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umrzoqov mazkur masala bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda uning o‘rinbosari Komil Allamjonov yozdi.
Unda barcha maktab darsliklarini kompleks tekshiruvdan o‘tkazish, ulardagi mavjud xato va kamchiliklarni aniqlash, sifatini yaxshilash bo‘yicha Prezident Administratsiyasi, Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi va yana bir qator tashkilotlarning mas’ul vakillaridan iborat katta ishchi guruh tuzildi.
Hisob palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va Xalq ta’limi vazirligiga 1 oy muddatda darsliklarni tayyorlash, nashr etish, tannarx va tarqatish tizimini tanqidiy ko‘rib chiqish, davlat buyurtmasi bajarilishining shaffof va samarali tizimini joriy etish vazifasi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter