Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardor Umrzoqov yana ko‘rinish berdi. U muhim jarayonda qatnashayotgani aytildi

Sardor Umrzoqov yana ko‘rinish berdi. U muhim jarayonda qatnashayotgani aytildi

Prezident Administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umrzoqov yana xorijiy diplomatlar sahifasida ko‘rinish berdi.

2023 yil avgustdan buyon Prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan Sardor Umrzoqov O‘zbekistonni jahon savdo tashkilotiga a’zo qilish harakatlarida ishtirok etayotgani aytildi. Bu haqda ODI Europe direktorlar kengashi a’zosi Jonatan Charlz linkedin tarmog‘ida bu haqda post qoldirdi.

«O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasida Sardor Umrzoqovni Suma Chakrabarti bilan birga ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi. U mamlakatdagi islohotlarni targ‘ib qilishda davom etmoqda. Tashrifimiz davomida Toshkent shahrida xalqaro tijorat sudini tashkil etish, xorijiy investorlar uchun kampaniya boshlash va Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga yaqinlashish borasida yutuqlarga erishdik», deb yozadi Jonatan Charlz.

Suma Chakraborti O‘zbekiston prezidentning iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi. Yaqinda uning prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvida O‘zbekistonning JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar jarayoni doirasidagi ishlarni faollashtirish, jumladan, milliy normativ-huquqiy hujjatlarni tashkilot talablariga uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilingandi.

Sardor Umrzoqov so‘nggi bor 2023 yilning dekabr oyida ko‘rinish bergandi. Suma Chakraborti  u bilan tushgan suratini joylab, izoh qoldirgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring