Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gazdan uzilgan issiqxonalar 1 kun ichida gaz bilan qayta ta’minlanadi

Gazdan uzilgan issiqxonalar 1 kun ichida gaz bilan qayta ta’minlanadi

Prezidentning issiqxonalar gaz ta’minotini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Administratsiya rahbari Sardor Umrzoqovga bergan topshirig‘i ijrosi o‘laroq gazdan uzilgan issiqxonalar 1 kun ichida gaz bilan qayta ta’minlanadigan bo‘ldi.

Umrzoqov o‘tkazgan yig‘ilishda issiqxona egalari bo‘lgan tadbirkorlar ham tinglandi. Ular o‘zlarini qiynayotgan muammolar, faoliyatidagi og‘riqli masalalar va ular yuzasidan o‘z takliflarini bildirishdi.

Ma’lumki, mavsum paytida issiqxonaning har bir kuni o‘ta muhim bo‘ladi. Bu nafaqat o‘sha tadbirkor uchun, balki O‘zbekiston oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligi uchun ham juda ahamiyatli.

Ma’lum bo‘lishicha, «Hududgazta’minot» AJ 700 gektardagi 268 ta issiqxonani tabiiy gazdan uzib qo‘ygan. Buning oqibatida 70 ming tonna hosil, 30 million dollarlik eksport yo‘qotilishi, eng asosiysi gazdan uzilgan issiqxonalarda band bo‘lgan 10 mingga yaqin aholi ishsiz qolishi mumkin.

Shuni inobatga olib, Energetika vazirligiga gaz ta’minotidan uzilgan barcha issiqxonalarni 1 kun ichida gaz bilan qayta ta’minlash topshirig‘i berildi.

Shuningdek, Hisob palatasiga tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda mazkur holat yuzasidan «Hududgazta’minot» AJning hududiy boshqarma boshliqlari harakatiga huquqiy baho berish, agar ularning harakatida jinoyat alomatlari aniqlansa, qonuniy tartibda javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqish yuzasidan topshiriq berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring