Sardor gangster taxallusli shaxs qamaldi
Fuqaro Sardor Safarboyev (1998 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, TikTok va YouTube da Sardor gangster taxallusi bilan chiqishlar qilib kelgan, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan) jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudining 2024 yil 21 fevraldagi qarori bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosini oldi.
U Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 184-3-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) da nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilgan.
2024 yil 23 fevral kuni Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan S. Safarboyevning shikoyati apellyasiya tartibida ko‘rib chiqilib, birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz, apellyasiya shikoyati esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter