Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sardoba» suv omborining o‘pirilgan joyidan suv chiqishi to‘xtadi

«Sardoba» suv omborining o‘pirilgan joyidan suv chiqishi to‘xtadi

Avval xabar berganimizdek, bugun, 1 may kuni soat 05:55da Sirdaryo viloyatida joylashgan «Sardoba» suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan edi. Natijada Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan va yon-atrofdagi barcha qishloq hamda mahallalar evakuatsiya qilingan edi.

Ayni vaqtda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan «Sardoba» suv omboridan suv chiqish hodisasi to‘xtaganligi haqida ma’lum qilindi. Sardobada sodir bo‘lgan suv toshqini viloyatning boshqa hududlarida kuzatilmagan. Hukumat komissiyasi tomonidan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya qilingan aholiga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha qator choralar ko‘rilmoqda.

«Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Sarosimaga tushishga asos yo‘qligini ma’lum qilamiz», — deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring