Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sandiqdagi million-million pulni o‘marganlar qo‘lga tushdi

Sandiqdagi million-million pulni o‘marganlar qo‘lga tushdi

Foto: «Yandex»

2020-yil 21-avgust kuni Nurobod tumani IIBga Nurobod tumani Sazag‘an mahallasida yashovchi J. ariza bilan murojaat qilgan. Unga ko‘ra 2020-yil 14-avgust kuniga o‘tar kechasi noma’lum kimsalar uyidagi temir sandiqdan 8.200 AQSh dollari bilan 20.000.000 so‘mni o‘g‘irlab ketishgan. U noma’lum shaxslarga nisbatan qonuniy chora qo‘rib, yetkazilgan moddiy zararni undirib berishni so‘ragan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bergan.

Nurobod tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari davomida, mazkur o‘g‘irlik jinoyati Nurobod tumani Sazag‘an mahallasida yashovchi 22 yoshli L. va 24 yoshli Q.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlangan va ulardan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Nurobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring