«Samsung» og‘ir yuklarni ko‘tarishga mo‘ljallangan odamsimon robotni yaratdi
«Samsung» kompaniyasi sun’iy intellektga ega «Saram» nomli robotni yaratish ustida olib borgan ishlarini yakunladi. Taxminlarga ko‘ra, qurilma og‘ir yuklarni ko‘tarishga mo‘ljallangan, deb xabar berdi «NV.ua».
Ta’kidlanishicha, «Samsung Electronics» robotlar bozoriga sun’iy intellektga ega qurilmalar orqali kirib boradi. Avvaliga kompaniya sanoat robotlaridan boshlashi lozim va bosqichma-bosqich uy ishlarida foydalanish mumkin bo‘lgan robotlar sohasini kengaytirishi kerak. Xususan, kompaniya yaqindagina vertikal harakatlanish texnologiyasini yaratdi.
Yangi robot «Saram» nomini oldi, bu esa koreyschadan tarjima qilinganida «odam» degan ma’noni beradi. Mazkur robot turli kompaniyalarning zavodlarida og‘ir yuklarni ko‘tarishga mo‘ljallangan.
Mutaxassislar e’tiroficha, «Saram» loyihasi «Samsung»ning so‘nggi yillarda sun’iy intellektli robotlar texnologiyasi sohasiga jiddiy kirishganini bildiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter