«Samsung» janubiy koreyaliklarga flagmanlarini uch kunga ijaraga beryapti
Janubiy Koreya fuqarolari eng oxirgi chiqqan yangi «Samsung Galaxy S21» flagmanlarini uch kungacha ijaraga olib turishlari mumkin. Arzimas mablag‘ evaziga qiziquvchilar ushbu turkum smartfonlar bilan yaxshilab tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.
Kompaniya ushbu yangicha marketing yurishi orqali smartfonlar savdosini yanada tezlatib yuborishdan umid qilayotganini sezish qiyinmas.
Galaxy To Go nomi ostidagi ushbu ijara-servis muddati tugagach, mijozlar kompaniyadan sovg‘alar olishlari, qimmatbaho yutuqlarga ega bo‘lishlari mumkin. Sovg‘alar — simsiz quvvatlash qurilmalari, hatto Galaxy Book Flex 2 va Galaxy Tab S7+ yoki besh yulduzli mehmonxonada yashash imkoniyati.
«Samsung» Janubiy Koreya bo‘ylab ochgan 200 dan ziyod lokatsiyada yangi flagmanlar ijaraga berilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter