Samsung eng yupqa smartfonini taqdim etadi

Samsung o‘z tarixidagi eng yupqa smartfon — Galaxy S25 Edgeni kelayotgan aprelda taqdim etadi. GizmoChina nashri bu haqda Seoul Economic Daily (SED)ga asoslanib xabar berdi.
Katta ehtimol bilan Galaxy S25 Edge 16-aprelda taqdim etiladi. Sotuvi esa may oyida boshlanadi, ilk partiya 40 ming nusxa bilan cheklangan, deyiladi xabarda. Ilk smartfonlar uch rangda: och havorang, qora va kumushrang bo‘lishi aytilmoqda.
Galaxy S25 Edge qanday bo‘lishi haqida hozircha quyidagilar taxmin qilinyapti:
Ekran. Ultrayupqa Galaxy S25 Edge smartfonida 6,6 dyuymli AMOLED-displeyi o‘rnatiladi (yangilanish tezligi — 120 Gs, yorqinlik darajasi — 1600 nit).
Protsessor va xotira. Qurilmada Snapdragon 8 Elite for Galaxy protsessori 12 GB operativ xotira va 512 Gb gacha ichki xotira bilan mutanosiblikda ishlaydi.
Operativ tizim. Smartfon Android 15 da ishlaydi, foydalanish qulay bo‘lishi uchun Samsung One UI 7 qobig‘i (moslashtirilgan android) tatbiq etilgan.
Kamera. Qo‘shaloq: asosiy — 200 MP va ultra keng burchakli — 12 MP. Selfi uchun 12 Mp kamera o‘rnatilishi mumkin.
Akkumulyator. Sig‘imi — 3900 mAs (smartfon yupqaligi uchun shunday cheklov bo‘lishi mumkin), 25 Vt tezkor hamda simsiz quvvatlash texnologiyasi ko‘zda tutilgan.
Smartfonning ort paneli keramikadan ishlanadi. Kompaniya shu paytgacha chiqargan smartfonlar orasida eng yupqaligi aytilayotgan Galaxy S25 Edge qalinligi — 5,84 mm, og‘irligi — 162 gramm.
Smartfon haqida batafsil va aniq ma’lumotlarni aprel o‘rtalarida bilib olamiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter