«Samsung» eng oldi ixtirolarini namoyish etdi (video)
Bostonda bo‘lib o‘tgan «Society of Information Displays 2018» xalqaro elektronika ko‘rgazmasida «Samsung» kompaniyasi displeylar ishlab chiqarish sohasidagi eng oldi ixtirolarini namoyish etdi. Janubiy Koreya giganti egiluvchan, shaffof va avomobillar uchun sinmaydigan ekranlarni, virtual reallikka mo‘ljallangan zichligi 1 200 ppi pikselli matritsani hamda mutlaq hoshiyasiz smartfonlar texnologiyasini ko‘rsatdi, deb xabar berdi «4PDA».
Ko‘rgazma vaqtida «Samsung» xodimi yangi «Sound on Display» texnologiyasi qo‘llanilgan «Galaxy S9 Plus» smartfonining konseptini taqdim etdi. Nomidan bilish mumkinki, ushbu displey ovoz manbasi sifatida ham ishlay oladi. Bunda ovoz ekrandagi vibratsiyalar orqali tarqaladi. Kompaniya vakillarining so‘zlariga qaraganda, dipleydan chiqayotgan ovoz an’anaviy dinamikalarnikidan deyarli farq qilmaydi.
Mazkur texnologiyadan foydalanish displey atrofidagi hoshiyalar va qirqimlardan voz kechish imkoniyatini beradi. Faqtgina ushbu holatda frontal kameraning qayerga joylashishi noma’lum.
So‘nggi mish-mishlarga ko‘ra, «Galaxy S10» smartfoniga «Sound on Display» texnologiyasiga ega 6,2 dyuymli ekran o‘rnatiladi. Bundan tashqari «LG» kompaniyasi ham o‘zining kelajakdagi flagmanlarida ushbu texnologiyadan foydalanishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter