Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MAK samolyotlarida telefon va internetdan foydalanish mumkin bo‘ladi (video)

MAK samolyotlarida telefon va internetdan foydalanish mumkin bo‘ladi (video)

Foto: «Norma.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 3-fevral kuni «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Ushbu farmon bilan aholi qatlamlari uchun respublika hududlari bo‘ylab turizm-ekskursiya turlari tashkil etilishini ko‘zda tutuvchi «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi amalga oshiriladi.

Unga ko‘ra, ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun — ta’til davri va dam olish kunlarida; tashkilotlar xodimlari uchun — dam olish kunlarida, umummilliy bayramlar va ta’til kunlarida, ayniqsa, turizm mavsumi sust davrda; aholining ijtimoiy zaif qatlamlari, pensionerlar, urush va mehnat faxriylari uchun — sanatoriy-kurortlarda dam olishdan faol foydalangan holda yil davomida; keksalar, yosh oilalar, fuqarolar yig‘inlari faollari, xotin-qizlar va boshqa jamoat birlashmalari vakillari uchun — turizm mavsumi sust davrda ushbu dastur bo‘yicha alohida imtiyozlar joriy qilinadi.

Bundan tashqari, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning xorijga chiqish chiptalari arzonlashtirilishi rejalashtirilmoqda. Qolaversa, samolyot bortida yo‘lovchilar telefon orqali muloqot qilishi, SMS-xabarlar yozishi va internet xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Mazkur hujjatning boshqa imtiyozlari bilan quyidagi videolavhada tanishib chiqishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring