O‘zbekistonga uch oyda qariyb 90 mln dollarlik telefon olib kirildi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025-yilning yanvar–mart oylarida xorijdan qiymati 89,6 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 885,8 ming dona mobil telefon import qilingan.
O‘zbekistonga 2025-yilning birinchi choragida eng ko‘p mobil telefon yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy – 679,2 ming dona;
Vetnam – 175,8 ming dona;
BAA – 15,5 ming dona;
Hindiston – 14,5 ming dona;
Boshqa davlatlar – 0,8 ming dona.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter