Samolyot qulashi oqibatida yerdagi odamlar ham halok bo‘lishgan — Filippin
Filippinning janubi-g‘arbiy qismida harbiy samolyot halokatga uchragani to‘g‘risida xabar bergandik.
Filippin harbiy samolyot qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 31 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlariga tayanib Rappler portali xabar bermoqda.
Filippin Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot bortidagi 29 harbiy va yerdagi ikki tinch fuqaro halokat qurbonlariga aylangan. Bundan tashqari, samolyotdagi 50 kishi va to‘rt nafar fuqaro jarohat olgan. Yana 17 harbiyning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Xabarlarga ko‘ra, samolyotdagi askarlar xizmatga yangi chaqirilgan bo‘lishgan. Filippin hukumati hodisa sabablarini aniqlash uchun tergov boshladi.
Filippin harbiy-havo kuchlarining C-130 samolyoti Sulu viloyatidagi Xolo oroliga qo‘nishga uringan paytda halokatga uchragan. Filippin qurolli kuchlari shtabi boshlig‘i general Sirilito Sobexananing aytishicha, samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushmagan. Mudofaa vaziri Delfin Lorenzana avvalroq, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 92 kishi, jumladan, 3 nafar uchuvchi va beshta ekipaj a’zosi bo‘lganligini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter