Samolyot halokati tufayli Orenburgda motam e’lon qilindi

Orskka uchayotgan samolyot halokati sababli Orenburg viloyatida motam e’lon qilindi. Bu to‘g‘risida «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Xabarda qayd etilishicha, «12 fevral, dushanba kuni Orenburgda motam kuni deb e’lon qilindi», — deya ma’lumot bergan hukumat rasmiylaridan biri.
Saratov havo yo‘llariga qarashli «AN-148» samolyoti 703-reys bilan Moskva — Orsk yo‘nalishi bo‘ylab uchayotganda aviahalokatga uchradi, natijada bortdagi 71 kishining barchasi halok bo‘lgan. Halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgani aytilmoqda.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter