Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

SamDUga kiritib qo‘yishni va’da bergan «uddaburon» qo‘lga tushdi

SamDUga kiritib qo‘yishni va’da bergan «uddaburon» qo‘lga tushdi

Foto:«Xabar.uz»

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi 24 yashar fuqaro A.I. yosh bo‘lishiga qaramasdan, «uddaburonlik»ning hadisini olgan: mahalladoshi fuqaro D.M.ni aldab, uning o‘g‘li Sh.R.ni Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qiladi.

«Darakchi» nashrining Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmatiga asoslanib yozishicha, buning uchun  2018 yilning yozida D.M.dan 2 ming 700 AQSh dollari va 13 million 200 ming so‘m pullarini olgan. Biroq kelishilganidek va’da bajarilmagan. Sh.R. o‘qishga kiritilmagan, pullar ham qaytarilmagan.

Shundan so‘ng, joriy yilning 19 fevral kuni fuqaro D.M. Pastdarg‘om tumani ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan. Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan A.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring