Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning eng yosh qurboni

Koronavirusning eng yosh qurboni

Foto: «News-r.ru»

Koronavirusning eng yosh qurboni, 12 kunlik chaqaloq seshanba kuni Falastinning Xevron shahrida hayotdan ko‘z yumdi. Umumiy vafot etganlar soni 45 kishiga yetdi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.

«12 kunlik go‘dak bugun Xevronning Yatta tumanida vafot etdi. U Falastinda koronavirusning eng yosh qurboniga aylandi», — deyiladi sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

«Falastinda jami 7441 kishi kasallikka chalingan bo‘lib, ulardan 16 nafari hozir reanimatsiyada. Koronavirus tashxisi qo‘yilgan 45 kishi hayotdan ko‘z yumdi», — deya ta’kidladi rasmiylar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring