Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandlik akademikka Prezident sovg‘asi topshirildi

Samarqandlik akademikka Prezident sovg‘asi topshirildi

Samarqand viloyatida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ikkinchi jahon urushi ishtirokchilariga Prezidentimiz tabrigi va sovg‘asi – oltin soat topshirilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand qishloq xo‘jalik instituti kichik faollar zalida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimiyati va jamoatchilik vakillari, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti professor-o‘qituvchilari hamda bir guruh faollar ishtirok etishdi.   

Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov, so‘zga chiqib, yig‘ilish ishtirokchilariga Prezident tabrigini o‘qib berdi va oltin soatni  akademik Abdukarimov Diamat To‘xtayevichning qo‘liga taqib qo‘ydi.

– Xalqimizning mehr-muruvvatini so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi, – deydi akademik Diamat To‘xtayevich. – Har doim izzat-ikrom bilan yo‘qlab turishadi. Ayniqsa, Prezidentimizning biz keksalarga bo‘lgan samimiy munosabatidan boshimiz ko‘kka yetmoqda. Inson qadr-qimmati ulug‘langan yurtda shunday e’tibor va ehtiromda yashayotganim men uchun oliy saodatdir.

SamQXI Matbuot xizmati,
Farida Xadjayeva tayyorladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring