Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqanddagi mayning ferma naq 28,8 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgani aytildi

Samarqanddagi mayning ferma naq 28,8 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgani aytildi

Samarqand viloyati, Ishtixon tumanida 2,5 million dollar ya’ni 28,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etilgani aytilmoqda

«O‘zenergoinspeksiya» Samarqand hududiy boshqarmasi, DXX, IIB va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.Unda Ishtixon tumanida «M.G.M.» oilaviy korxonasiga qarashli binoning yon qismida joylashgan yerto‘lada umumiy ulangan quvvati 244,4 kVtni tashkil etgan 89 ta mayning qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 28 mlrd 896 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi ma’lum bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring