Samarqanddagi to‘rtta tumanga soliq rahbarlari tayinlandi
Soliq tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Samarqand viloyatining Samarqand, Urgut, Toyloq va Pastdarg‘om tumanlari soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi:
— Sharipov Shuxrat Shavkatovich Samarqand tumani soliq inspeksiyasi;
— Qurbonov Sardor Xusanovich Urgut tumani soliq inspeksiyasi;
— Nizomov Firdavs Raxmatovich Pastdarg‘om tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
Avvalroq Namangan, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi soliq rahbarlari o‘zgargani xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter