Samarqandda qadimiy yozma manbalar mavzusida konferensiya o‘tkazildi
Samarqanddagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm va madaniy meros universitetida «Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari» mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ikkinchi sho‘basi o‘tkazilmoqda.
Ziyorat turizm haftaligi doirasida o‘tayotgan ushbu tadbir «Nodir manbalarni konservatsiya va restavratsiya qilish, reyestr tuzish va raqamlashtirish masalalari»ga bag‘ishlandi. Tadbirda turli davlatlardan kelgan mutaxassislar qatorida hamyurtlarimiz ham ishtirok etdi.
Konferensiya davomida qadimiy yozma manbalarni saqlash, o‘rganish va targ‘ib etish masalalari ko‘rib chiqildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida ilmiy bahs va munozaralar bo‘lib o‘tdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter