Samarqandda jamoat transportlari uchun moslashuvchan tariflar joriy etildi
Samarqand shahridagi jamoat transporti – avtobuslar, elektrobuslar va tramvaylarda yo‘l haqi 8-sentyabrdan boshlab naqd va bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mga oshiriladi.
Transport kartasi bilan to‘lashda yo‘l haqi 1600 so‘mni tashkil qiladi. Shuningdek, bir soat ichida bir yo‘nalishdagi transportdan boshqasiga o‘tkazishlar soniga qarab chegirmalardan foydalanishni nazarda tutuvchi moslashuvchan tariflarni ham joriy etiladi.
Masalan, transport kartasidagi yo‘l haqi 1600 so‘m bo‘lsa, avtobusda bir soat ichida ikkinchi o‘tkazish 400 so‘m, uchinchi va undan keyingisi bepul bo‘ladi. Uchinchi transfer tramvayga bo‘lsa, yo‘l haqi 1000 so‘m bo‘ladi.
Agar yo‘lovchi dastlab tramvayda (transport kartasi bo‘yicha 1600 so‘m) ketsa, u holda avtobusga birinchi o‘tkazish 1000 so‘m, ikkinchisiga – 400 so‘m, uchinchi va undan keyingisiga – bepul amalga oshiriladi.
Cheksiz kunlik tariflar (avtobus va elektrobus) ham 6000 so‘m, shuningdek, 5 kunlik – 23 ming so‘m, 7 kunlik – 30 ming, 10 kunlik – 47 ming va hokazo.
Cheksiz yo‘l haqi (avtobus, elektrobus va tramvay) kuniga 7000 so‘mni tashkil qiladi. Pensionerlar, nogironlar va talabalar uchun 50 foiz chegirma taqdim etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter