Samarqandda advokat qo‘lga olindi
Samarqandda advokat M.A.ga nisbatan firibgarlik alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Mazkur ma’lumotni Xabar.uzning viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organidagi manbasi tasdiqladi.
Aytilishicha, M. A. Urgut tumani IIB surishtiruvida bo‘lgan bir fuqaroga oid ishni ma’muriy javobgarlikka torttirish orqali jinoiy javobgarlikdan qutqarib qolishini aytib, to‘rt millon so‘m miqdorida pul olgan. Bundan tashqari u avtohalokat sodir etishi ortidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxsni ozodlikka chiqarib berish evaziga uning otasidan 3 ming AQSh dollari olganlikda gumonlamoqda.
Advokat protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Elatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda to‘rt kunda ikki nafar advokat qo‘lga olingani, ikki holat yuzasidan firibgarlik va pora berishga urinish alomatlari jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabari berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter