Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda bog‘cha yondi: bolalar evakuatsiya qilingan

Samarqandda bog‘cha yondi: bolalar evakuatsiya qilingan

Samarqand shahri Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birining hududida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi, deb xabar berdi FVV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, 4 oktyabr kuni soat 14:36 da Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bag‘dod ko‘chasida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasining tom qismida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:40 da yetib borgan va yong‘in soat 15:06 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida oshxonaning 30 kvadrat metr maydonda tom qismi yong‘indan zararlangan bo‘lib, jabrlanganlar yo‘q. Tarbiyalanuvchilar binodan o‘z vaqtida evakuatsiya qilingan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring