Salvador Dalining gravyurasi o‘g‘irlab ketildi

San-Fransisko (AQSh)dagi galereyadan buyuk rassom Salvador Dali mo‘yqalamiga mansub asarning gravyurasi noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda «ABC7 News» telekanali xabar berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bu Dalining «Yonayotgan jirafa» asaridan olingan gravyura bo‘lgan.

Xabar berilishicha, «Yonayotgan jirafa» gravyuralari bir nechta bo‘lib, ularning barchasi xos raqamlarga ega.
Gravyuraning narxi uncha balandmas — 20 ming AQSh dollarigacha bo‘lgan.
Tashqi kuzatuv kameralari noma’lum shaxsni qayd etib qolgan, ammo o‘g‘irlik amalga oshirilgan payt yozib olinmagan. Ta’kidlanishicha, noma’lum shaxs xususiy galereyaga kirib, 50x65 santimetr o‘lchamdagi gravyurani olgan va xotirjam ortiga qaytib ketgan, buning uchun 30 soniya ham ketmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter