«Salqin havo massasi asta-sekin sharqqa tomon siljiydi» — O‘zgidromet

O‘zbekiston bo‘yicha 22-24 sentyabr kunlariga ob-havo prognozi e’lon qilindi.
Bugun Volga bo‘yi hududidan nam havo massalari kirib kelishi hisobiga respublika hududi bo‘yicha nisbatan salqin havo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekistonda kam bulutli va quruq havo bo‘ladi, kunduzgi harorat 23-28 darajani tashkil etadi.
Dam olish kunlari ushbu ob-havo sharoiti saqlanib turadi. Salqin havo massasi asta-sekin sharqqa tomon siljiydi. Dam olish kunlari havo harorati kechalari 11-16 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari 25-30 darajagacha isiydi.
Poytaxtimizda bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzgi harorat 23-25 darajani tashkil etadi.
Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechalari 12-14 daraja, kunduz kunlari 25-27 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter