Salondan olingan «Neksiya-3» avtomobilida texnik nuqson kuzatildi

Nukus shahrining Kizketken guzarida yashovchi fuqaro B.Nuranov 2018-yilning 26-yanvar kuni avtosalondan 75 million so‘mga «Neksiya-3» avtomobilini xarid qilgan. Ammo avtobilning ayrim ichki qismlarida nuqson borligi aniqlangan. U shundan so‘ng salon xodimlaridan uni boshqasiga almashtirib berishni so‘ragan. Ammo uning bu murojaati e’tiborsiz qoldirilgan.
B.Nuranov shundan so‘ng adolat istab, Nukus shahar prokuraturasiga ariza yozgan. Uning murojaati Nukus shaxar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga jo‘natilgan.
Ariza jamiyat xodimlari hamda fuqaro B.Nuranov bilan birgalikda o‘rganib chiqildi. Natijada avtomobilning haqiqatan ham nuqsoni borligi aniqlandi. Tuman jamiyati mas’ullari tomonidan avtosalon xodimlariga O‘zbekiston Respubikasi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni asosida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada avtomobilning nuqsonli qismi yangisiga almashtirib berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter